Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimi joriy etiladi

15:39 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
1876 0

Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlari uchun tabaqalashtirilgan ish haqi tizimini joriy etishga qaror qilindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Prezident “Jarrohlik xizmatini oʻzgartirish, hududlarda jarrohlik operatsiyalari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Sogʻliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tibbiyot xodimlarining jarrohlik operatsiyalarining murakkablik darajasiga qarab tabaqalashtirilgan ish haqi tizimini joriy etish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligiga 1-noyabrdan boshlab ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot rahbarlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер