Oʻzbekistonda soʻnggi 10 oyda kovidga chalinish boʻyicha eng past koʻrsatkich qayd etildi
Joriy yilning 1-yanvarida yurtimizda 2021-yil mart oyidan buyon koronavirusga chalinish holatlari boʻyicha eng past kunlik koʻrsatkich qayd etildi.
2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199118 (+88) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 7 nafari Andijon viloyatida,
— 8 nafari Buxoro viloyatida,
— 3 nafari Jizzax viloyatida,
— 3 nafari Namangan viloyatida,
— 17 nafari Samarqand viloyatida,
— 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
— 7 nafari Fargʻona viloyatida,
— 9 nafari Xorazm viloyatida,
— 4 nafari Toshkent viloyatida,
— 29 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Andijon viloyatida 11 nafar,
— Buxoro viloyatida 9 nafar,
— Jizzax viloyatida 5 nafar,
— Namangan viloyatida 4 nafar,
— Samarqand viloyatida 18 nafar,
— Sirdaryo viloyatida 2 nafar,
— Fargʻona viloyatida 6 nafar,
— Xorazm viloyatida 16 nafar,
— Toshkent viloyatida 20 nafar,
— Toshkent shahrida 28 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 196337 (+119) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring