Oʻzbekistonda soʻnggi 10 oy ichida qancha shampun import qilingini aytildi
Soʻnggi 10 oyda Oʻzbekistonga 9,2 ming tonna shampun import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Soʻnggi 10 oy ichida Oʻzbekistonga olib kirilgan shampunlar qiymati 23,9 million AQSH dollariga teng boʻlib, 36 ta xorijiy davlatdan import qilgan. Shampun importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekistonga eng koʻp shampun import qilgan davlatlar ham ochiqlandi. Xususan:
Rossiya — 6,2 ming tonna;
Ruminiya — 846 tonna;
Turkiya — 488 tonna;
Janubiy Koreya — 266 tonna;
Germaniya — 165 tonna;
Xitoy — 126 tonna;
Fransiya — 121 tonna;
Hindiston — 103 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring