Oʻzbekistonda shu vaqtgacha aholining qaysi qatlami eng koʻp vaksina olgani maʼlum qilindi
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev maʼlumot berdi.
Unga koʻra, yurtimizda emlash jarayonlari boshlanganda birinchi galda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda, keyinchalik tuman markazlari va kichik shaharlar aholisini, undan soʻng esa boshqa hududlarni ommaviy emlash tadbirlari bilan qamrab olish koʻzda tutilgandi.
Ushbu reja asosida aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda 65 yosh va undan oshgan fuqarolar va tibbiyot xodimlari ommaviy emlash tadbirlariga jalb qilingan boʻlsa, keyinchalik tuman markazlari va kichik shaharlarda yashovchi aholi ham emlashga jalb etildi.
Keyinchalik yana uchta aholi qatlami:
maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari,
surunkali kasalligi bor fuqarolar ham emlana boshlandi.
31-may holatiga koʻra, ular orasida eng koʻp emlangan aholi qatlami bu 65 yosh va undan oshgan fuqarolar boʻlib, ularga ikki oy mobaynida 747 ming 201 doza vaksina qoʻllanilgan.
Ushbu aholi qatlamiga qoʻllanilgan vaksinalarning
418 ming 797 dozasi 1-bosqichda,
328 ming 286 dozasi 2-bosqichda,
118 dozasi 3-bosqichda foydalanilgan.
Shuningdek, tibbiyot xodimlariga qoʻllanilgan vaksinalar miqdori ham yarim million dozadan oshib, ushbu koʻrsatkich boʻyicha ikkinchi oʻrinda turibdi.i
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring