Oʻzbekistonda Qozogʻiston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ochiqlandi
2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda Qozogʻiston kapitali ishtirokida jami 1 221 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ular sohalar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- Savdo — 494 ta;
- Sanoat — 133 ta;
- Axborot va aloqa — 124 ta;
- Qurilish — 85 ta;
- Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar — 37 ta;
- Tashish va saqlash — 34 ta;
- Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi —23 ta;
- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 15 ta;
- Boshqa turlar — 276 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring