Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-sentyabr holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 706 tani tashkil etgan.
Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 617 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
— Rossiya – 2 762 ta;
— Turkiya – 2 071 ta;
— Xitoy – 2 044 ta;
— Qozogʻiston – 1 195 ta;
— Koreya – 910 ta;
— AQSH – 320 ta;
— Qirgʻiz R. – 291 ta;
— Tojikiston – 283 ta;
— Ozarbayjon – 247 ta;
— Germaniya – 213 ta;
— Turkmaniston – 171 ta;
— boshqalar – 4 199 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring