Oʻzbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi rejalashtirilmoqda

16:33 24 Yanvar 2026 Hujjatlar
986 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda 14 yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha boʻlgan jazo choralarini belgilash koʻzda tutilmoqda. Bu “ 'Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish' yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi” loyihasida nazarda tutilgan.

Loyihaga koʻra, ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi. Xususan, 14 yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha boʻlgan jazo choralarini belgilash koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zoʻravonlikka oid jinoyatlarni tergov qilishni prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, nikoh yoshiga yetmagan shaxsni unashtirganlik uchun uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga va noqonuniy nikohni targʻib qilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari belgilanishi mumkin.

Farmon loyihasida voyaga yetmagan shaxslar va xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlarni tergov qilish va koʻrishga ixtisoslashgan va maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan tergovchi va sudyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.

Oila va xotin-qizlar maskanlarida esa yosh nikohlanuvchilarning kamida 40 foizini maxsus oʻqitish dasturlari bilan qamrab olish, psixolog, huquqshunos va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashish choralarini kuchaytirish koʻzda tutilmoqda. Mazkur normalar 2026-yil 1-apreldan joriy etilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер