Oʻzbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ochiqlandi

21:01 16 Fevral 2026 Iqtisodiyot
481 0

2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida jami 368 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Ular sohalar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Savdo — 139 ta;
  • Sanoat — 50 ta;
  • Qurilish — 43 ta;
  • Axborot va aloqa — 25 ta;
  • Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 11 ta;
  • Tashish va saqlash — 9 ta;
  • Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar — 9 ta;
  • Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi — 3 ta;
  • Boshqa turlar — 79 ta.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mavjud korxonalardan 63 tasi qoʻshma va 305 tasi xorijiy korxonalardir.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер