Oʻzbekistonda olxoʻri eksporti 23,3 ming tonnaga oshgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning 7 oyida xorijga qiymati qariyb 19 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 38,2 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.
Olxoʻri eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 23,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyi davomida Oʻzbekiston eng koʻp olxoʻri eksport qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 22,8 ming tonna;
— Rossiya – 13,8 ming tonna;
— Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna;
— Belarus – 98,6 tonna;
— Mongoliya – 19,8 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring