“Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnali taʼsis etildi

17:25 17 Mart 2022 Jamiyat
1875 0

Foto: Arxiv foto

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” deb nomlangan yangi ilmiy jurnal faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ijtimoiy, ilmiy-ommabop jurnal yangi formatda, yiliga 4-marta oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

Jurnalning ilk soni Navroʻz bayrami arafasida chop etilib, mutolaa uchun keng jamoatchilikka taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

Unda oliy taʼlim tizimidagi yangiliklar, amaliyotga joriy qilinayotgan tadqiqotlar, xorijdagi taʼlimning oʻziga xosliklari, akademik olimlaru yosh izlanuvchilarning ilm-fan rivoji borasidagi takliflari, tahlillari va yutuqlari oʻrin oladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер