O‘zbekistonda muzeylar soni yana bittaga ko‘paydi
Muzeyda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ilk qabul qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”, Adliya vazirligi tashkil topishi bilan bog‘liq qonun hujjatlari, adliya organlari va muassasalari faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar hamda materiallarni ham ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Adliya organlari tarixi muzeyi tashkil etildi.
Unda Adliya vazirligining shakllanish, rivojlanish evolyutsiyasi o‘z aksini topgan. Muzey 6 bo‘limdan iborat. Mazkur eksponatlarda Adliya vazirligining rivojlanish tarixi va buguni arxiv fotosuratlar asosida aks etgan.
Ta’kidlash joizki, muzeyda 1917 yildan bugungi kunga qadar qabul qilingan qonun hujjatlari arxivi, nikoh, tug‘ilish yoki o‘limni qayd etish bilan bog‘liq holatlar, XX asrdan to bugungi kunga qadar qanday rasmiylashtirilganligi haqidagi arxiv fotosuratlar asl materiallarda aks ettirilgan. Muzeydan o‘rin olgan eksponatlarning barchasi maxsus ekspertlar guruhi tomonidan o‘rganilib, tadqiq etildi.
Muzeyda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ilk qabul qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”, Adliya vazirligi tashkil topishi bilan bog‘liq qonun hujjatlari, adliya organlari va muassasalari faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar hamda materiallarni ham ko‘rish mumkin.
Muzeyda nafaqat vazirlikning tarixi, balki bugungi kundagi ish faoliyati bilan ham tanishish mumkin. Xususan, eksponatlardan o‘rin olgan xorijiy hamkorlik bo‘limida vazirlikning xalqaro miqyosdagi kelishuvlari, anjumanlar, konferensiyalardagi muhim jarayonlar ko‘zga tashlanadi.
Shu tariqa mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan muzeylar soni 350 taga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring