Oʻzbekistonda Milliy koordinatalar tizimini joriy etish tartibi belgilandi

17:05 11 Fevral 2026 Hujjatlar
546 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Hukumatning 2026-yil 10-fevraldagi 49-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Hujjatga koʻra, Milliy koordinatalar tizimi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi:

• Milliy geodeziya referens datumi;

• Yer gravitatsiya maydonining global modeli;

• Milliy koordinatalar tizimining boshlangʻich nol nuqtasi;

• Davlat geodeziya tarmogʻi punktlari kataloglari;

• Milliy koordinatalar tizimi maʼlumotlar bazasi.

Milliy koordinatalar tizimining boshlangʻich nol nuqtasi Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Choʻponota tepaligida joylashgan Davlat geodeziya punkti hisoblanadi.

EGM2008 Milliy koordinatalar tizimining Yer gravitatsiya maydonining global modeli hisoblanadi. Milliy koordinatalar tizimi maʼlumotlar bazasidan Milliy koordinatalar tizimining veb-sahifasi orqali foydalaniladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер