Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan gen dermatozlarini davolash boʻlimi ishga tushdi
Mamlakatimizda markaziy osiyoda yagona boʻlgan gen dermatozlarini davolash boʻlimi ishga tushdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi gen dermatozlarini davolash boʻlimi irsiy teri kasalliklari, xususan, bullyozli epidermoliz va ixtiozni tashxislash va davolash uchun moʻljallangan.
Yaqin fursatlarda davolash boʻlimi faqat Oʻzbekiston fuqarolari uchun oʻz eshiklarini ochibgina qolmay, u yerda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan aholi vakillari ham tibbiy yordam olishlari mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring