Oʻzbekistonda koronvirusga chalinganlar soni 5000 ga yaqinlashdi

10:06 14 Iyun 2020 Jamiyat
782 0

2020-yil 14-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4994 (+28) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib karantinga olingan), 9 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 1101 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 12 nafari ogʻir, 2 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер