Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshdi. Ogʻir ahvoldagi bemorlar yoʻq
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 42 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Avvalroq, 21-mart kuni Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 41 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Maʼlum boʻlishicha, koronavirus aniqlangan 42-bemor Shveysariyada boʻlib qaytgan.
Qoʻshimcha qilishlaricha, ayni vaqtda Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida boʻlib turgan 42 nafar bemorning 9 nafarida oʻpkaning yalligʻlanishi — pnevmoniya qayd qilingan. Ogʻir ahvoldagi bemorlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring