Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning necha foiziga “omikron” tashxisi qoʻyilgani maʼlum boʻldi
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimovning aytishicha, koronavirusga chalinganlarning 85 foizida omikron tashxisi aniqlangan.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, 15% delta shtammi bilan ogʻrigan bemorlar, qolgan hollarda mavsumiy gripp tashxisi qoʻyilgan.
“Dekabr-yanvar oyi boshida kuniga 20-30 nafar bemor qabul qilingan boʻlsa, hozir 600 nafarga yaqin bemor murojaat qilmoqda. Shu bilan birga, bular ogʻir kasallar emas, balki kasallikning engil kechishi bilan ogʻrigan bemorlardir”, — taʼkidladi Mirazimov.
Kasalxona direktorining soʻzlariga koʻra, bu raqamdan haqiqatan ham muhtoj boʻlganlar, yaʼni 150 dan 200 nafargacha kasalxonaga yotqizilgan.
“Bemorlarning umumiy sonining 15 dan 20 foizigacha oʻta ogʻir ahvolda yotqiziladi. Bular asosan keksalar, surunkali xastalikka chalingan va emlanmaganlar”, — deydi Mirazimov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring