Oʻzbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 833 taga yetdi

16:02 12 Aprel 2020 Jamiyat
904 0

arxiv foto

Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekistonda yana 37 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qoʻyilgani haqida xabar berdi.

“2020-yil 12-aprel soat 16:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 833 nafarni tashkil qilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Oʻzbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15-mart kuni tasdiqlangandi. Aprel oyida virus bemorlari soni jiddiy oʻsa boshladi. Shu vaqtgcha kunlik oʻsishning eng yuqori koʻrsatkichi 6-aprelda qayd etilgandi - 115 holat. 11-aprel kuni ham 98 kishida virus aniqlangandi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sogʻaygan, 4 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер