Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 61 nafarga yetdi

18:00 12 Aprel 2020 Jamiyat
1623 0

arxiv foto

Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusdan davolanayotgan bemorlardan yana 19 nafari tuzalgani haqida maʼlum qildi.

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa masʼullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Endilikda Oʻzbekistonda koronavirusga chalinib sogʻaygan bemorlar soni 61 nafarga yetdi.

“Bu kabi samarali natijalarga erishishda, avval xabar qilganimizdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator davlatlarning nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanilayotgani, bundan tashqari, yurtimizning pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi yetuk mutaxassislari bilan telemuloqot oʻrnatilib, zarur tavsiyalarni olishayotgani, ularni bir jamoa boʻlib faoliyat koʻrsatishayotganligi ana shunday ijobiy yutuqlarni qoʻlga kiritishda muhim omil boʻlmoqda. Quvonarli jihati, shifokorlarimiz mahorat va fidoyiligi koronavirus infeksiyasini samarali davolash mumkinligini isbotlamoqda”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер