Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 13 taga yetdi

13:25 18 Mart 2020 Jamiyat
1573 0

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan Oʻzbekiston fuqarosi va Londonda boʻlib qaytgan yana bir fuqaroning turmush oʻrtogʻida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Har ikki fuqaro ham qatʼiy tibbiy nazoratda boʻlgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli boʻlib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер