Oʻzbekistonda hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanishda ayblanganlar soni maʼlum qilindi

16:10 16 Mart 2026 Jamiyat
336 0

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, 2025-yilda Oʻzbekistonda 6 mingga yaqin kishi hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) boʻyicha 5 962 nafar shaxs sudlangan.

Ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash, jarima, majburiy jamoat ishlari va axloq tuzatish ishlari kabi jazo turlari tayinlangan. Shuningdek, shartli hukmlar ham chiqarilgan.

Ushbu turdagi jinoyatlar boʻyicha eng koʻp ishlar Andijon, Fargʻona, Toshkent va Samarqand viloyatlarida, shuningdek, poytaxt Toshkentda koʻrib chiqilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер