Oʻzbekistonda havo harorati qachondan pasayishi aytildi

13:39 07 Iyul 2025 Jamiyat
394 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Oʻtgan hafta respublika boʻyicha kuzatilgan kuchli issiqdan soʻng, 7-11-iyul kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet” agentligi.

Bildirilishicha, bugun, 7-iyul kuni kunduzi havo harorati 36-41 darajani, 8-9-iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11-iyulda esa 31-36 darajani tashkil etadi. Oʻzbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek togʻ oldi va togʻli hududlarda 9-10-iyul kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 7-iyul kuni harorat asosan 39-41 daraja, 8-9-iyulda 35-38 daraja, 10-11-iyulda 32-37 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер