Oʻzbekistonda hafta yomgʻirli oʻtishi kutilmoqda

15:22 24 Mart 2025 Jamiyat
248 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Oʻzbekistonda ish haftasi davomida yomgʻirli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, faqat 26—28-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli kam.

Bu kunlarda harorat asta-sekin pasayadi va kechalari 4-6 daraja iliqni, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin), 24—25-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 24—25-mart kunlari mazkur hududlarda qor koʻchishi xavfi bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер