Oʻzbekistonda foydalanuvchilar orasida eng mashhur ijtimoiy tarmoq maʼlum boʻldi

21:55 31 Yanvar 2022 Jamiyat
2134 0

Oliy Majlis Senati Oʻzbekistonda ommabop ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari soni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Telegramʻga 18 million, Odnoklassnikiʻga 16,7 million, Facebookʻga 4,7 million, Instagramʻga 3,7 million, VKontakteʻga 2,6 million, LinkedInʻga 288 ming, Twitterʻga 51,6 ming kishi kiradi. Qayd etilishicha, ularning aksariyati yoshlardir.

Shuningdek, Senat Vikipediya platformasida Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlar yetarli emasligi yoki yangilanmagani, ommabop onlayn platformalarda mamlakat haqida yuqori sifatli tarixiy va badiiy filmlar yetarli emasligi, yoshlar va voyaga yetmaganlarning turli xorijiy kontentga qiziqishi borligi qayd etildi. 

Pirovardida tashqaridan kelayotgan mafkuraviy tahdidlar orqali aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini oʻziga xos tarzda oʻzgartirishga, ular ongiga mana shunday buzgʻunchi axloqsizlik gʻoyalarini singdirishga urinishlar boʻlmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер