Oʻzbekistonda elektron tijorat sohasini rivojlantirishga oid xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi

11:50 03 Aprel 2023 Siyosat
683 0

Foto: Illustrativ surat

Joriy yilning 29-mart kuni Jahon banki tashabbusi bilan “Oʻzbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlik” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Unda Innovatsion rivojlanish agentligi Startap ekotizimini rivojlantirish boʻlimi xodimlari sohada amalga oshirilayotgan ishlar, maqsadli koʻrsatkichlar va kelajakdagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Astrum IT akademiyasi, Coursera xalqaro taʼlim platformasi, Yandex Praktikum taʼlim platformasi, Coozin kompaniyasi, TechStars, CAREC kabi tashkilotlar oʻz tajribalari asosida mintaqada raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratni rivojlantirish yuzasidan taqdimotlarni oʻtkazdi.

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan sohani rivojlantirishdagi qilinayotgan ishlar ijobiy baholandi. Anjuman davomida Startap ekotizimini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda loyihalarning sifatini oshirish, uslubiy yordam berish maqsadida Coursera xalqaro taʼlim platformasi bilan Oʻzbekiston startaplari uchun taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida aloqalar oʻrnatishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер