Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 21-yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 3 soʻm 71 tiyinga arzonlashib, 9547 soʻm 5 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 34 soʻm 68 tiyinga arzonlashib, 10 585 soʻm 77 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 53 tiyinga arzonlashib, 155 soʻm 6 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 53 soʻm 54 tiyinga arzonlashib, 12 418 soʻm, 80 tiyinni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring