Oʻzbekistonda dam olish kunlari juda iliq ob-havo kuzatiladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq so‘zi”
Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, 22—23-fevral kunlari harorat kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, baʼzi joylarda 22 darajagacha iliq boʻladi.
Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat pasaya boshlaydi va 23-fevral, yakshanba kuniga kelib kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.
22-fevralda janubiy hududlarda va choʻl zonasida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 23-fevralda respublikaning koʻpchilik hududlarida (Fargʻona vodiysidan tashqari) yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring