Oʻzbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qancha?

13:30 17 Mart 2026 Iqtisodiyot
267 0

Illyustrativ foto

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning 1-mart holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 770 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 365 tasi qoʻshma va 14 405 tasi xorijiy korxonalardir.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,4 barobarga, shu bilan birga xorijiy korxonalarning ulushi 55,2 foizdan 76,7 foizgacha oshgan.

Oʻzbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar:

• Xitoy — 5 257 ta;

• Rossiya — 3 214 ta;

• Turkiya — 2 173 ta;

• Qozogʻiston — 1 232 ta;

• Janubiy Koreya — 709 ta;

• Afgʻoniston — 653 ta;

• Ozarbayjon — 430 ta;

• BAA — 421 ta;

• Tojikiston — 420 ta;

• Hindiston — 397 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер