Oʻzbekistonda bir oydan kamroq vaqt ichida gaz oʻgʻirlash bilan bogʻliq 215 ta holat aniqlangan
2022-yil boshidan buyon Oʻzbekistonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq 215 ta holat aniqlandi. Bu haqda «Oʻzneftgazinspeksiya» matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻgʻirlik natijasida yetkazilgan moddiy zarar 5,5 milliard soʻmni tashkil qildi. Noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 4,9 million kub metrni tashkil etdi.
Aholi va ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish mavsumida gaz taʼminotiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida aholini gaz bilan uzluksiz taʼminlash qoidalariga rioya etilishini tartibga solish boʻyicha maxsus komissiyalar tashkil etildi. Jumladan, jadvalga muvofiq kunning maʼlum vaqtlarida gaz quyish shoxobchalarida tabiiy gaz sarfini kamaytirish choralari koʻrildi.
Natijada 2022-yil boshidan buyon gaz quyish shoxobchalaridan chiqarilgan 66,6 million kub metr tabiiy gaz aholi va ijtimoiy muassasalarga joʻnatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring