Oʻzbekistonda bir chorak davomida chiqindi bilan bogʻliq 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi

10:37 10 Aprel 2026 Jamiyat
261 0

2026-yilning birinchi choragi davomida Oʻzbekistonda chiqindilar bilan ishlash sohasida 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi, deb xabar bermoqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.

Idoraning qayd etishicha, mamlakatning koʻplab hududlarida onlayn kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, ular yordamida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bogʻliq qator huquqbuzarliklar aniqlanmoqda.

Joriy yilning yanvar mart oylarida jami 2 107 ta huquqbuzarlik holati qayd etilgan.

— Ularning 322 tasi boʻyicha jarima jazosi qoʻllanilib, maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrilgan;

— Qolgan 1 785 ta holat boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер