Oʻzbekistonda banan importi 34 ming tonnaga oshgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga 63,5 ming tonna banan import qilingan.
Banan importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:
— Ekvador – 62,7 ming tonna;
— Qozogʻiston – 426 tonna;
— Turkiya – 197 tonna;
— Hindiston – 144 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring