O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni har 100 ming nafar ayoldan 11 nafarida uchraydi
AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan tezkor choralar haqida ma’lumot berildi:
Qayd etilishicha, “Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreyaning KOFIH fondi o‘rtasida tuzilgan hamkorlikdagi Memorandum asosida Toshkent shahrida 5 ta, Andijon viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatining 4 ta oilaviy poliklinikalarda 30-49 yoshli ayollar orasida bepul skrining o‘tkazildi.
Skriningdan o‘tkazilgan jami 44258 nafar ayolning 338 nafarida bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari aniqlandi.
JSST ayollarga bachadon bo‘yni saratoniga chalinmasliklari uchun 25-49 yosh davrlarida har 3-yilda, 50-64 yosh davrlarida esa har 5-yilda skrining tekshiruvlaridan o‘tib turishlarini tavsiya etadi.
Qizlarni kelajakda bachadon bo‘yni saratoni kasalligidan saqlash uchun esa ularni 9-14 yosh davrida odam papilloma virusiga qarshi emlash tavsiya etiladi.
Odamni papilloma viruslariga qarshi emlash orqali bachadon bo‘yi saratoniga chalinishning 90% holatlarda oldini olishga erishiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring