Oʻzbekistonda avtomobillarga gaz uskunalarini noqonuniy oʻrnatish holatlari koʻpaydi

14:27 05 Fevral 2022 Jamiyat
1394 0

Senatning yalpi majlisida gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari xavfsizligini taʼminlashning ahvoli va bu boradagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.

2021-yilda avtotransport vositalariga gaz uskunalarini noqonuniy oʻrnatish bilan bogʻliq 2928 ta holat aniqlangan, bu 2020-yilga nisbatan 61 foizga koʻpdir.

Shuningdek, avtomobil gaz toʻldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini toʻldirishda belgilangan talablar va tartibini buzish holatlari koʻpayib bormoqda. Gaz ballonlarini texnik sinovdan oʻtkazish boʻyicha soxta hujjatlarni rasmiylashtirish holatlari mavjud.

Xususan, 2021-yilda 36 nafar yuridik va jismoniy shaxs tomonidan avtotransport vositalariga gaz ballonlarini oʻrnatish va sinovdan oʻtkazish ishlari noqonuniy ravishda amalga oshirilgan.

16 nafar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan gaz ballonlarini texnik sinovdan oʻtkazish boʻyicha soxta dalolatnomalar tayyorlash bilan shugʻullangani aniqlandi.

Senatorlar yuqoridagi masalalar yuzasidan hukumatga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер