Oʻzbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar koʻpaydi
Ekologiya davlat qoʻmitasi 2021-yil uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar sonini eʼlon qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 12 941 ta shunday qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlib, bu 2020-yilga nisbatan 1520 taga koʻp – 11 421. Jarimalar miqdori 3 milliard 228 million soʻmni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, eng koʻp huquqbuzarliklar Andijon viloyatida – 1852 ta, Samarqand viloyatida – 1490 ta, Surxondaryo viloyatida – 1 655 ta. Eng kam huquqbuzarliklar Buxoro viloyatida – 506, Toshkent shahrida – 310 ta, Navoiy viloyatida – 368 ta aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring