Oʻzbekistonda 9-11-noyabr kunlari harorat nol darajadan pasayishi kutilmoqda
Foto: Illustrativ foto
9-11-noyabr kunlari janubiy viloyatlardan tashqari barcha hududlarda tunlari harorat nol darajadan pasayishi prognoz qilinmoqda.
Oʻzgidrometning 8-11-noyabr kunlari uchun ishlab chiqilgan ob-havo prognoziga koʻra, 9-11-noyabr tunlari shimolda -5 darajagacha, Ustyurt platosida -8 darajagacha, janub viloyatlarda nol darajagacha, boshqa viloyatlarda -3 darajagacha sovuq boʻlishi prognoz qilingan.
Markazida atmosfera bosimi 1035 gPa gacha boʻlgan antitsiklon markaziy qismining respublika hududlaridan oʻtishi haroratni sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring