Oʻzbekistonda 19-fevral kuni aprel oyiga mos boʻlgan ob-havo kuzatiladi
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” ish haftasining ikkinchi yarmiga kelib, bahoriy iliq ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, kecha, 16-fevral kuni havo keskin sovuq boʻlganidan soʻng harorat tez koʻtarila boshlaydi va kunning oʻrtasiga kelib 8-13 darajagacha iliq boʻladi.
18-19-fevral kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda va 19-fevral kuni Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha quruq va bahoriy iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi. Bu harorat mart oyining oxiri va aprel oyining boshidagi iqlim koʻrsatkichlariga mos keladi. Harorat kechalari 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-fevralda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring