Oʻzbekistonda 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun pediatriya tibbiy-ijtimoiy komissiyalari tashkil etiladi

12:51 13 Fevral 2022 Jamiyat
2289 0

Foto: Arxiv surat

18 yoshgacha boʻlgan bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun mamlakatimizda 19 ta pediatriya tibbiy-ijtimoiy komissiyalari tashkil etiladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmatining tashkiliy tuzilmasi va tashkil etilishiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan:

respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi vazifalari va funksiyalarini kengaytirish;

18 yoshgacha boʻlgan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish uchun respublika boʻyicha yangitdan 19 ta pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatida 2 tadan qolgan viloyatlarda bittadan) hamda qoʻshimcha 4 ta tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (Qashqadaryo,Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida) tashkil etish;

tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga ekspertizadan oʻtish uchun birlamchi yuboriladigan shaxslarni dinamik kuzatuvda boʻlish muddatlarni qisqartirish;

ilmiy-tekshirish ishlari va umumjahon tajribani chuqur oʻrganish;

nogironlikni belgilanishni umumjahon mezonlariga yaqinlashtirish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish;

tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish koʻzda tutilgan.

Qayd etilishicha, mazkur qaror fuqarolarga nogironlarni aniqlash, ularni nogironlarni reabilitatsiya qilishga yuborish, reabilitatsiyaning barcha turlarini tashkil etish, nogironlarning ijtimoiy integratsiyalashuvini, shu jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер