Oʻzbekistonda 11 oyda 115,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan

09:51 20 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
541 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonda 115,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bajarilgan qurilish ishlari hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan.

Bajarilgan qurilish ishlari hajmining yillar kesimida oʻsish surʼati:

2019-yil yanvar-noyabr – 22,8 %;

2020-yil yanvar-noyabr – 9,9 %;

2021-yil yanvar-noyabr – 5,9 %;

2022-yil yanvar-noyabr – 5,7 %.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер