Oʻzbekiston jamiyati dunyoviylik prinsipida rivojlanish yoʻlini tanlagan — Adliya vazirligi
Diniy mavzuda chiqishlar qiladigan ayrim shaxslar tomonidan ayollarning huquqlarini cheklash, hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaydiganlarga nisbatan nafrat uygʻotish, dunyoviylik prinsipidagi qonunlarni shubha ostiga olish holatlari aniqlangan.
Adliya vazirligi axborot xizmati taʼkidlashicha, insonlar xulq-atvoriga alohida shaxslarning axloqiy-diniy qarashlari bilan emas, balki amaldagi qonunchilik nuqtayi nazaridan baho berilishi lozim.
Vazirlik Oʻzbekistonda diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmasligini, ushbu konstitutsiyaviy tamoyildan hech qachon voz kechilmasligini qayd etdi.
Oʻzbekiston xalqi dunyoviylikka asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlaydi. Ushbu haqiqatni shubha ostiga olishga, mutaassib gʻoyalarni targʻibot qilishga hech kimning haqqi yoʻq, — deyiladi vazirlik bayonoti soʻngida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring