Oʻzbekiston yoshlari Dehlida Doʻstlik va tinchlik xalqaro bolalar festivalida ishtirok etdi

16:01 12 Fevral 2024 Dunyo
573 0

Dehli shahridagi “Springdales School“ oʻrta maktabida tashkil etilgan Doʻstlik va tinchlik xalqaro bolalar festivalida Oʻzbekiston vakillari faol ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro maktabda mahalliy oʻquvchilar bilan bir qatorda koʻplab xorijiy davlatlar, jumladan, oʻzbekistonlik yoshlar ham tahsil oladi.

Mamlakatimiz vakillari taʼlim jarayoniga katta masʼuliyat bilan yondashib, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Maktab oʻqituvchilar jamoasi yosh vatandoshlarimiz haqida doimo ijobiy fikrlar bildiradi.

Oʻzbekistonlik yoshlar, shuningdek, oʻrta taʼlim muassasasining jamoat hayotida ham faol ishtirok etib, turli tadbirlarda oʻzbek xalqining milliy urf-odatlari va madaniyatini tengqurlari orasida targʻib qilishga munosib hissa qoʻshmoqda.

Navbatdagi Doʻstlik va tinchlik xalqaro bolalar festivali ishtirokchilari va mehmonlari ham Oʻzbekistonning boy madaniy qadriyatlari haqidagi rang-barang maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdi, oʻzbek yoshlari ijrosidagi milliy raqs va qoʻshiqlarni olqishlar bilan kutib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер