Oʻzbekiston — Vengriya qoʻshma startap akseleratori tashkil etilmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari Oʻzbekiston — Vengriya qoʻshma startap akseleratorini tashkil etish maqsadida Yevropada akseleratsiya dasturlarining faoliyati va startap ekotizimini oʻrganish maqsadida Vengriyaning Budapesht shahriga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston — Vengriya qoʻshma startap akseleratori Vengriyaning “Startup Campus” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Startup Campus kompaniyasi Budapesht, Berlin, London kabi yirik shaharlarda oʻz kampuslariga ega boʻlgan akseleratorlar hamda inkubator dasturlarini tashkil etgan holda, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi Yevropada katta tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring