Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan strategik hamkorlik istiqbollari

15:57 28 Sentyabr 2023 Siyosat
418 0

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M. Qodirxonova ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha katta mutaxassis, loyiha rahbari Robert Vrobel boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan strategik hamkorlik doirasida bir qancha yoʻnalishlarda qator loyihalar amalga oshirilgani eʼtirof etildi.

Ayni chogʻda, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ularning davlat ishlarini boshqarishdagi rolini oshirish, yoshlar siyosati hamda hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yangilanishlar haqida fikr almashildi.

Muloqot chogʻida senator xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan milliy qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va yangiliklarga toʻxtaldi.

— Qonun bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zoʻravonlik holatlariga nisbatan qatʼiy jazo choralarini belgilash bilan bir qatorda, bunday salbiy illatlarning oldini olishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir, — dedi M. Qodirxonova.

Oʻz navbatida, Robert Vrobel soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar huquqini himoya qilish, ularni turli tazyiq va zoʻravonliklardan muhofazalash borasidagi ishlarni yuqori baholadi.

Uchrashuvda 2023-2024-yillarda Jahon bankining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash loyihasi doirasida koʻzda tutiltgan ishlar xususida ham soʻz bordi.

Yakunda Jahon banki vakillari hamkorlikdagi ishlarni yanada takomillashtirib borishga tayyorligini bildirdi va kelgusida qilinadigan ishlar kelishib olindi.

«Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер