Oʻzbekiston va Yaponiya U-20 terma jamoalari oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi
Kecha, 25-mart kuni Oʻzbekiston milliy futbol markazidagi “Doʻstlik“ stadionida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Yaponiya U-20 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.
Mazkur bahsni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bevosita stadiondan tomosha qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida Yaponiya U-20 terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Katashi Yunoy mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 30-mart sanasida yana bir bor Yaponiya U-20 terma jamoasi bilan oʻyin oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring