Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari Xivada

16:48 30 Mart 2022 Siyosat
1137 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30-mart kuni Xorazmga keldi.

Urganch xalqaro aeroportida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan va uning rafiqasi tantanali kutib olindi. Milliy qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Yigʻilganlar oʻzbek va turk xalqlari doʻstligini olqishladi.

Davlat rahbarlari bugun birgalikda Xivadagi qadimiy obidalarni ziyorat qiladi. Maʼlumki, Xiva shahri Turk dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер