Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi koʻpqirrali hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda parlamentlararo munosabatlar faolligi muhim ahamiyat kasb etadi

20:28 01 May 2024 Siyosat
1009 0

2024-yilning 1-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yil sayin mustahkamlanayotgani, shu jumladan, soʻnggi yillarda ikki davlat rahbarlarining kuchli siyosiy irodasi sabab ushbu munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilib, strategik sheriklik darajasiga olib chiqilgani eʼtirof etildi.

Oliy darajadagi muloqotlar muntazamlik kasb etmoqda. Buning natijasida ikki mamlakat oʻrtasidagi qardoshlik va doʻstlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar, turizm, taʼlim va ijtimoiy sohasidagi hamkorlik yanada rivojlanmoqda.

Muloqot davomida Turkiya tomoni gender tenglik, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, tartibli mehnat migratsiyasi, oila ishlari va ijtimoiy himoya sohalarida koʻmaklashish, bu borada oʻzaro tajribasi almashish va aniq loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik aloqalari mintaqaviy va xalqaro doirada mustahkamlash, uni yanada jadallashtirish, parlamentlararo guruhlar va parlamentlarning barcha qoʻmitalari oʻrtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, bank-moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarni faol davom ettirish muhim ekanligiga toʻxtalib oʻtildi.

Uchrashuv soʻnggida tomonlar ikki mamlakatning koʻp qirrali hamkorligini chuqurlashtirish va kengaytirish yoʻlida oʻzlarining bor tajriba hamda shijoatlarini safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер