Oʻzbekiston va Singapur: oʻzaro hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari

16:52 20 Yanvar 2023 Jamiyat
703 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senati, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamkorligida “Oʻzbekiston va Singapur: oʻzaro hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston — Singapur oʻrtasidagi aloqalarning keyingi bosqichida milliy parlament oldida turgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash, bu borada ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, oxirgi yillarda Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar yildan-yilga rivojlanib boryapti, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshgan. Yurtimizda Singapur kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻpaydi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 17-yanvar kungi Singapurga davlat tashrifi ikki mamlakat doʻstona munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Xususan, taʼlim, transport, sogʻliqni saqlash, davlat xizmatchilarini tayyorlash kabi sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar qabul qilindi.

Davra suhbati davomida ekspertlarning Oʻzbekiston — Singapur aloqalari istiqbollariga doir maʼruzalari tinglandi. Xususan, Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qodir Joʻrayev Prezidentimizning Singapurga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga joriy etishda parlament oldida turgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan tayyorlangan “Singapur parlamenti” nomli toʻplamning taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Foziljon Otaxonov dastlab dunyo mamlakatlari parlamentlari haqidagi toʻplamlar haqida toʻxtalib oʻtdi. “Singapur parlamenti” toʻplamida ushbu mamlakat parlamenti, uning boshqaruv apparati, doimiy qoʻmitalari, vaqtinchalik maxsus qoʻmitalar, tadqiqot departamenti va boshqa tarkibiy boʻlinmalar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga doir oʻrganishlar natijalari oʻz ifodasini topganligini taʼkidladi.

Yakunda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni, xususan, parlamentlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

«Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер