Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi davrasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda

11:41 27 Mart 2023 Siyosat
584 0

Mamlakatimiz elchixona koʻmagida Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari Oybek Xamrayev va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vazirining oʻrinbosari Muhammad al-Hassna oʻrtasida videomuloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimizning Ar-Riyozdagi elichixonasi maʼlumotiga koʻra, suhbat avvalida Saudiya tomoni Oʻzbekiston bilan oʻrtasidagi aloqalar kundan kunga rivojlanib, mustahkamlanib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi. Bu borada ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, oʻzaro aloqalarni yaxshilashga qaratilgan birgalikdagi intilishlari muhim vazifa boʻlib xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

“Soʻnggi yillarda hamkorlikning turli yoʻnalishlarida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar, ortib borayotgan tashriflar almashinuvi, ikki davlatdagi yirik kompaniyalarning hamkorlik aloqalarining yoʻlga qoʻyilayotgani, oʻzaro munosabatlarning yuqori pogʻonaga koʻtarilayotganida namoyon boʻlmoqda”, dedi Muhammad al-Hassna.

Muloqot chogʻida tomonlar joriy yilning 10-11-aprel kunlari Jidda shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 6-yigʻilishini yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, ikki davlatdagi vazirlik va idoralarning amalga oshirayotgan qoʻshma loyihalari va hamkorlikning yangi istiqbollari hamda ishbilarmon doira vakillari bilan davra suhbatlarini oʻtkazish masalalari xususida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishini tayyorlash boʻyicha ikki davlat vazirliklari vakillaridan iborat Ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер