Oʻzbekiston va Rossiya transport sohasida nazorat organlari oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi

17:37 20 Noyabr 2023 Jamiyat
517 0

Transport haftaligi-2023 doirasida Rossiya Transport sohasida nazorat qilish Federal xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi oʻrtasida avtomobil transporti va yoʻl xoʻjaligi, shuningdek, temir yoʻl transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Hujjatni Transport nazorat inspeksiyasi boshligʻi Jamshid Karimov va Rostransnadzor rahbari Viktor Basargin imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishmoqda:

— tomonlarning huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha tajriba almashish;

— yoʻl harakati xavfsizligi va temir yoʻl transportidan foydalanish qoidalari buzilishi toʻgʻrisida maʼlumot almashish;

— raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер