Oʻzbekiston va Misr: parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalaniladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Samarqand shahrida oʻtkazilgan Osiyo xotin-qizlari forumida ishtirok etish uchun yurtimizda mehmon boʻlgan Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi oʻrinbosari Fibi Favzi Girgis bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Misr hamkorligining keng doirasi, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Suhbat jarayonida tomonlar forumda koʻtarilgan masalalar, xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini, innovatsion faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha tajriba almashish lozimligini qayd etdilar.
Ayniqsa, bunda qishloq joylardagi ayollarni qoʻllab-quvvatlash muhimligiga urgʻu berildi.
Shuningdek, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, taʼlim kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda parlamentlar imkoniyatlaridan foydalanishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring