Oʻzbekiston va Koreya: Noyob va kamyob metallar sohasida yangi hamkorlik
Joriy yilning 5-dekabr kuni Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon hamda “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ boshqaruv raisi Farhod Abdullayev oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarga sarmoya kiritish, metallurgiya, nanotexnologiyalar va yangi materiallar sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, texnologik metallarni yetkazib berish, ilmiy-tadqiqot va konchilik faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillari Oʻzbek-Koreya nodir metallar markazida ham boʻlib, u yerdagi mavjud zamonaviy texnikalar bilan tanishishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring