Oʻzbekiston va Xitoy hududlari oʻrtasida hamkorlik rivojlanmoqda

15:17 25 Mart 2023 Siyosat
803 0

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Xitoyning Sichuan provinsiyasi Chendu shahrida Oʻzbekistonning investitsion va turizm salohiyatiga bagʻishlab iqtisodiy forum oʻtkazildi.

Forumda provinsiyaning investitsion va turizm kompaniyalari, ishbilarmon doiralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oʻzbekistonda tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, iqtisodiy erkinlik va tadbirkorlikni huquqiy taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, respublikamizning turizm salohiyati va turizm yoʻnalishida Xitoy bilan hamkorlik istiqbollari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari eʼtiboriga qadimiy shaharlarimiz, goʻzal maskanlarimiz, betakror madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va anʼanalarimiz toʻgʻrisidagi taqdimotlar hamda video roliklar namoyish etildi.

Tadbirda Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan xitoyning “CC7”, “Sichuan Mingyu Group” va “Sichuan Huayi Tea Industry” kabi kompaniyalari vakillari soʻzga chiqib mamlakatimizdagi faoliyati haqida ishtirokchilarga gapirib berdi. Ular bugungi kunda xorijiy Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay-shart sharoitlarni, biznes yuritish uchun katta imkoniyatlar berilayotganini taʼkidlab, mamlakatimizning turizm salohiyatini ham yuqori baholadi.

Forum doirasida, shuningdek, Sichuan provinsiyasining yirik kompaniyalar vakillari bilan “G2B” formatida muzokaralar ham boʻlib oʻtdi. Unda investorlarga Oʻzbekistonda yaratilayotgan keng imkoniyatlar va jozibador investitsion muhit toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Oʻz navbatida mazkur kompaniyalar rahbarlari mamlakatimizda investorlar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratilganini taʼkidlab, Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlashayotganini, ayniqsa joriy yilning mart oyidan Chendu-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyilayotgani ular uchun katta xursandchilik boʻlganini aytib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер